"Credo Print" MChJ kitob fabrikasi: zamonaviy matbaa uskunalaridan foydalangan holda kitob bloklarini chop etish, tikish va muqovalash jarayonlarini o‘z ichiga olgan, kitoblarni ommaviy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. 2003-yilda ishga tushirilgan kompaniya bozorni o‘zlashtirishni kitob, jurnal va reklama mahsulotlarini chop etishdan boshlagan.
Eng boshidanoq sifatga ustuvorlik bergan holda, biz o‘z ishlab chiqarishimizni xorijdagi yetakchi bosmaxonalarning eng yaxshi namunalariga mo‘ljallab tashkil etdik. Buning uchun tajriba almashish bo‘yicha maxsus dastur doirasida Germaniyadan mutaxassislar taklif etilib, ular uskunalarni montaj va sozlash ishlarini hamda xodimlarni o‘qitishni amalga oshirdilar.
"Credo Print" Nashriyoti: bu yerda tajribali muharrirlar, dizaynerlar, korrektorlar har kuni broshyuralar, o‘quv va badiiy adabiyotlar, o‘quv-ko‘rgazmali materiallar, memuarlar, monografiyalar hamda boshqa adabiyotlarni nashr etadilar. Shuningdek, Nashriyotda ingliz tili va matematikani o‘rganishni faol targ‘ib qilish doirasida amalga oshirilayotgan loyiha ham mavjud.
Kompaniyada 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan 60 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Yangi xodimlar kompaniyaga baza ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarish o‘ziga xosligini tushunadigan institut va matbaa kollejini bitirganlaridan so‘ng kelishadi.
Bosqichma-bosqich rivojlanib, quvvatlarni oshirib va ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirib, kompaniya nashr va bosma bozorida yetakchilar qatoridan joy oldi. Uning mijozlari orasida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirliklari, OTMlari, maktab muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, savdo tarmoqlari, jamoat va davlat tashkilotlari bor.
Shuningdek, biz O‘zbekistonda USAID dasturini amalga oshiruvchi "RTI INTERNATIONAL" vakolatxonasi bilan hamkorlik qilib, boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun kitob mahsulotlari hamda maktab darsliklarini chop etdik.
Umuman olganda, biz o‘z bringsiz ishimiz bilan faxrlanamiz va O‘zbekiston Respublikasida Nashriyot biznesini qo‘llab-quvvatlashga Davlat tomonidan katta e’tibor qaratilayotganidan juda minnatdormiz. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi global o‘zgarishlar munosabati bilan biz uchun biznesimizni rivojlantirishning cheksiz istiqbollari ochilmoqda va biz qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshiramiz.